Kontaktlar

SISU News Center, Office of Communications and Public Affairs

Tel : +86 (21) 3537 2378

El.manzil : news@shisu.edu.cn

Pochta manzili :550, Dalian(3) ko‘chasi, Shanxay 200083, XXR

Ko‘proq yangiliklar

“Xitoy va O‘zbekistonlik talabalarning madaniy uchrashuvi va O‘zbekiston madaniyati haftaligi yakuni” tadbiri o‘z nihoyasiga yetdi.


15 December 2018 | By Xitoy tilidan Xurshid Musurmanov tarjimasi. Muharrir: Mardon Rahmatov. | SISU

Shanxay chet tillar universiteti O‘zbekiston madaniyati haftaligi tadbirlari tarixiy haftaligi 2018-yil 21-noyabrda o‘z yakuniga yetdi. Yopilish marosimi Xitoy va  O‘zbekistonlik talabalar o‘rtasidagi madaniy uchrashuv tarzida Song Jyang kampusidagi xalqaro ta’lim markazining majlislar zalida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston respublikasining Shanxaydagi Bosh konsulxonasi Bosh konsuli Agzamxodjayev Saidkamol, universitet axborot bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Chen Syaoli, tashqi aloqalar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Ma Sang va Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo institute Markaziy Osiyo tillari fakulteti dekani U Ayjun qatnashdilar.

Yopilish marosimida, shuningdek, o‘zbek tili yo‘nalishining barcha talabalari va o‘zbekistonlik talabalar ishtirok etishdi. Ular ishtirokidagi chiqishlar madaniy uchrashuvga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi: xitoylik talabalar o‘zbek milliy liboslarida qo‘shiq kuylab raqsga tushishgan bo‘lsa, o‘zbekistonlik talabalar o‘z tushunchalaridagi xitoy madaniyatini qo‘shiq va raqslar orqali namoish qilishdi.

IMG_3455.JPGIMG_3409.JPGIMG_3477.JPGIMG_3564.JPGIMG_3507.JPGIMG_3547.JPG

Badiiy chiqishlar nihoyasiga yetgach Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo instituti Markaziy Osiyo tillari fakulteti dekani U Ayjun so‘zga chiqib hafta davomida tashkil etilgan tadbirlar haqida to‘xtaldi: 16-noyabrda o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishining rasmiy ochilishi va O‘zbekiston madaniyati haftaligining boshlanishiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi, 17-noyabrda to‘rtinchi “Buyuk ipak yo‘lidagi umuminsoniy va milliy qadriyatlar: til, ta’lim va madaniyat” xalqaro ilmiy anjuman o‘tkazildi. 19-noyabrda O‘zbekiston Respublikasining Shanxaydagi Bosh konsulxonasi konsuli A. Ulugbekov va talabalar o‘rtasida davra suhbati o‘tkazildi, 20-noyabrda o‘zbek tili o‘qituvchisi X. Musurmanov talabalarga ma’ruza o‘qidi, bugun madaniyat haftaligining so‘nggi tadbiri – xitoy va o‘zbekistonlik talabalar madaniy uchrashuvi. U Ayjun O‘zbekiston madaniyati haftaligining muvaffaqiyatli o‘tkazilishida universitet va Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo instituti boshliqlarining yordami va qo‘llab quvvatlashlari katta ekanligini takidladi. U Ayjun, shuningdek, tadbirlar o‘tkazilishida o‘z yordamini ayamaganligi uchun O‘zbekiston Respublikasining Shanxaydagi Bosh konsuli Agzamxodjayev Saidkamol va u kishining hamkasblariga minnatdorchilik bildirdi.

Shundan so‘ng bosh konsul ham so‘zga chiqdi. U Shanxay chet tillar universiteti taklifi bilan ShHTning navbatdagi bosh kotibi professor Vladimir Norov va boshqa delegatsiya a’zolari bu safargi tadbirlarda ishtirok etganliklarini aytib o‘tdi. Bosh konsul janoblari professor V.Norov va Bosh konsulxona nomidan o‘zbek tili yo‘nalishining ochilish marosimi va O‘zbekiston madaniyati haftaligini tashkil etishdagi mehnatlari uchun Shanxay chet tillar universiteti rahbariyatiga o‘z minnatdorligini bildirish bilan bir vaqtda universitetda ochilgan O‘zbekiston tadqiqotlar markazi va universitet ustoz va talabalari hamkorlikda tarjima qilishgan Navoiyning g‘azallar to‘plamini yuqori baholadi.

Shu kuni o‘zbek tili yo‘nalishining 11 nafar ilk qaldirg‘ochlari bor-yo‘g‘i bir oy davomida olgan bilimlari asosida O‘zbekistonning raqs va musiqa kabi madaniyatlaridan qay darajada xabardor ekanliklarini ko‘rsatib berishdi. O‘zbekistonlik talabalar ham o‘z mahoratlarini namoyon qilishdi.

IMG_3584.JPGIMG_3500.JPG

Marosim so‘ngida Bosh konsul barchani konsunxona tomonidan tayyorlangan o‘zbek milliy taomlari va noz-ne’matlaridan tatib ko‘rishga taklif qildi.

IMG_3631.JPGIMG_3627.JPGIMG_3638.JPGIMG_3675.JPGIMG_3654.JPG

Marosimning muvaffaqiyatli o‘tkazilishi xitoylik va o‘zbekistonlik yoshlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlabgina qolmay, ayni vaqtda ikki mamlakat ta’lim va tadqiqot sohalarida yangi yo‘nalish ochilishiga xizmat qiladi. Xitoy va O‘zbekiston yoshlari kelajakda ikki davlat madaniy muloqoti va hamkorlik aloqalaridagi asosiy kuch vazifasini o‘taydi va ikki davlat o‘rtasida abadiy do‘stlik qurilishiga o‘z hissalarini qo‘shishadi.

Xitoy tilidan Xurshid Musurmanov tarjimasi.

                                                                                                               Muharrir: Mardon Rahmatov.

Ulashish:

Kontaktlar

SISU News Center, Office of Communications and Public Affairs

Tel : +86 (21) 3537 2378

El.manzil : news@shisu.edu.cn

Pochta manzili :550, Dalian(3) ko‘chasi, Shanxay 200083, XXR

Ko‘proq yangiliklar