Biz haqimizda

S

hanxay chet tillar universiteti (SHCHTU) 1949-yilda tashkil etilgan bolib, XXR tuzilganidan keyingi birinchi chet tillari talimiga ixtisoslashgan oliygoh hisoblanadi.

SHCHTU ustuvor universitetlar qatori XXR ta’lim Vazirligining Shanxay shahri kengashi bilan hamkorlikda ishlab chiqgan “211 dasturiga” kiradi. Dastur mamlakatda yanada yuqori darajadagi oliy o‘quv yurtlarini takomillashtirish va iste’dodli mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan. SHCHTU ishonch bilan o‘z vazifasi hisoblanmish – “davlat ravnaqi, insonning har tomonlama rivoji, jamiyat taraqqiyoti va xalqaro gumanitar hamkorlik” kabilarni hayotga tadbiq etgan holda, hamda universitet shiori: “Ahloq va intiluvchanlik, saviya va zakovat”ga muvofiq, mamlakatlar va mintaqalar global bilimlari sohasida yorqin farqlarga ega bo‘lgan, yetakchi chet tillari universitetini yaratmoqda va rivojlantirmoqda.

Qisqacha tarixiy ma’lumot

Yangi Xitoy va SHCHTU bir yilda tashkil topdi. Universitet Sharqiy Xitoy Xalq inqilobiy universiteti qoshidagi Shanxay rus tili institutidan Shanxay chet tillar institutigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. Hozirgi nomlanishini oliygoh 1994-yilda oldi. Bilim yurtining birinchi rektori mashxur tarjimon va noshir, xitoy lug‘atshunosligi asoschisi Szyan Chjun Fan hisoblanadi. SHCHTU da ko‘plab istedodli mutaxassislar va o‘z ishining ustalari faoliyat yuritib o‘z bilimlari bilan o‘rtoqlashishgan, talabalarni tarbiyalashgan, universitet ijtimoiy an’analarini yaratish va boyitishda o‘z hissalarini qo‘shishgan.

Bizning ustunligimiz

O‘quv faoliyati oliygohga asos solingan kundan boshlab SHCHTU rivojlanishining eng muhim yo‘nalishi  bo‘lib, unda oldingi o‘rinlardagi va yuqori sifatli ta’lim berish xususiyati saqlanmoqda. Bizning universitetimiz – boshqa chet tili oliygohlari ichida yagona doktorlik ilmiy darajasini (chet tili va adabiyoti, siyosatshunoslik) berish huquqiga ega bo‘lgan oliy o‘quv yurti, shuningdek dotsentlar ilmiy tadqiqotlar markazi sanaladi. SHCHTU mamlakatdagi va chet el eng yaxshi universitetlari ro‘yxatining yuqori pag‘onalaridan o‘rin olgan.

SHCHTUda quyidagi 29 xil tillar o‘rgatiladi: ingliz tili, rus tili, fransuz tili, nemis tili, ispan tili, arab tili, yapon tili, yunon tili, italyan tili, portugal tili, koreys tili, fors tili, tay tili, vyetnam tili, indonez tili, shved tili, golland tili, yahudiy tili, ukrain tili, turk tili, hind tili, venger tili, urdu, o‘zbek tili, malay tili, suaxili tili, yavan tili, pushtu va xitoy tili. Klassik va sun’iy tillardan yangi mutaxassisliklar ochilishi davom etmoqda.

Shanxay chet tillar universitetida til va adabiyotga oid mutaxassisliklar asosiy xisoblanadi. Bulardan tashqari pedagogika, iqtisod, huquqshunoslik, boshqaruv va boshqa talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar tez suratlarda rivojlanmoqda. Universitet davlat ahamiyatidagi uch xil mutaxassisliklarni amalga oshiradi, bular – ingliz tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, arab tili va adabiyoti [ochilishga tayyorgarlik jarayonida]; g‘arbiy Yevropa tillarini o‘rganuvchi noingliz studentlarning bir davlat bazasi asosida tayyorlovi. SHCHTU davlat o‘ziga hos mutaxassisliklarini rivojlantirishga qaratilgan 10 ta markaz faoliyatini yo‘lga qo‘yishga ruxsat oldi, shulardan oltitasi Shanxaydagi birinchi klass mutaxassisliklari bo‘ladi.

SHCHTU yozma va og‘zaki tarjima doimiy xalqaro konferensiyasi (CIUTI) a’zosi hisoblanadi. Alohida fakultet sifatida faoliyat yurituvchi SHCHTU oliy tarjimonlik maktabi keng tanilgan va Osiyodagi eng yaxshi tarjimonlik maktablaridan biri hisoblanadi. U Xalqaro tarjimonlar asotsiatsiyasining yuqori bahosini olgan holda dunyoning eng zo‘r 15 ta oliy tarjimonlik maktablari ro‘yxatiga kirgan Xitoydagi yagona maktabdir. Xitoycha – inglizcha tarjima bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egallaydi unga bo‘gan ehtiyoj katta.

Malakali kadrlar tayyorlash

SHCHTU talabalarni 40 ta mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlaydi, shundan 26 tasi tilga oid va qolgan 14 tasi tilga oid emas. Oliygohda birinchi toifali mutaxassisliklar bo‘yicha magistr darajasini beruvchi 7 ta kengash: chet tili va adabiyoti, siyosatshunoslik, amaliy iqtisod, pedagogika, xitoy tili va adabiyoti, jurnalistika va boshqaruv iqtisodi, shuningdek ikkinchi toifali mutaxassisliklar bo‘yicha magistr darajasini beruvchi 38 ta kengash (ilmiy yo‘nalish bo‘yicha); malakaviy magistr darajasini beruvchi 5 ta kengash: ish yuritish (MBA), tarjimonlik (MTI), xitoy tilining chet tili sifatida ta’limi (MTSCOL), moliya (MF), huquqshunoslik (JM); ikkita postdoktorlik ilmiy tadqiqotlar markazi: chet tili va adabiyoti, siyosatshunoslik faoliyat yuritadi.

«Bir kamar – bir yo‘l» loyihasi va «Chetga chiqish» strategiyasiga asosan, SHCHTU xalqaro saviyadagi iqtidorli bitiruvchilarni tayyorlash strategiyasini ishlab chiqdi va rivojlantirmoqda («Ko‘ptillilik+»), xalqaro faoliyat uchun ko‘p tillarni va madaniyatlarni biladigan kadrlarni, xalqaro ishlar bo‘yicha ekspertlarni hamda hududlar va mamlakatlarni o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislarni tayyorlamoqda.

SHCHTU doimiy ravishda Sinhua agentligi, xitoy haftalik gazetasi, diplomlashtirilgan va sertifikatlashtirilgan buxgalterlar assotsatsiyasi (ACCA) bilan hamkorlik qiladi. Xitoy moliyaviy va iqtisodiy yangiliklari jurnali va Shanxay xalqaro kanali OTM bilan hamkorlikda universitetni boshqarish sistemasini ishlab chiqishmoqda va Yanszi daryosi deltasida joylashgan oliy o‘quv yurtlarining umumiy baholash dasturini hayotga tadbiq qilishmoqda. SHCHTU Buyuk Britaniyaning Future Learn platformasi bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatdi va unda ochiq onlayn kurs (MOOC) ishlab chiqdi va bu informatika va ta’lim integratsiyasiga imkon yaratib, o‘qitish nazariyasiga yangilanishlar kiritadi.

Ilmiy tadqiqot ilg‘or tajribasi

Ulashish: