Nashriyot

S

hanxay chet tillar nashriyotiga 1979 yilda asos solingan bo‘lib – Xitoyning eng yaxshi universitetlar qoshidagi nashriyotlardan biridir. Shanxay chet tillar universiteti qoshida tashkil etilgan nashriyot tillarni o‘rganishga va lingvistika sohasida tadqiqotlar olib borishni yaxshilashga qaratilgan. Hozirgi vaqtgacha nashriyotda 30 tilda 7000 dan ko‘p kitoblar nashr etilgan, ular ichida: darsliklar, ilmiy ishlar, ma’lumotnomalar, lug‘atlar, oynomalar va elektron kitoblar ma’lum.

Ingliz tili kursining birinchi nashri eng ommaviy bo‘lib, uni 1000 dan ko‘proq oliy ta’lim muassasalari mutaxassislari oldilar, va o‘sha vaqtda bu ichki bozorda eng ko‘p hajmni tashkil qildi. Bir vaqtning o‘zida audiovizual formatda kitoblarni nashr qilish ishlari muvaffaqiyat bilan olib borildi va soni yildan yilga oshib bormoqda. Hozirgi vaqtda ingliz tilini o‘rganishning veb-dasturlari omma ichida keng tarqalmoqda.

Mamlakat ichkarisidan muvaffaqiyatlar bilan birga nashriyotning chet el 60 dan ortiq nashriyotlari bilan aloqasi doimo kengayib bormoqda. Bu nashriyotlar bilan hamkorlik qilish to‘g‘risida shartnomalar tuzilgan. Keyin ham kengaytirishga iymonimiz komil.

Nashriyotlarning asosiy vazifasi – xitoy tilini chet tillar sohasida rivojlanishini kengaytirish. 2012-yilda nashriyot tomonidan 1268 ta kitob nashr etilib, 890 (70,1%) qayta nashr etilgan. Bizning nashriyotimizda 10 ta lingvistika sohasida ko‘p qo‘llaniladigan kitoblardan 5 tasi nashr etilgan. Bu kitoblar Xitoyning 2010-yil eng ko‘p qo‘llanilgan indeslari tahliliga kirgan.

Nashriyot to‘g‘risida ma’lumotlarni siz quyidagi saytda o‘qishingiz va tanishishingiz mumkin:

http://www.sflep.com 

Ulashish: