Ilmiy ish

U

niversitetning asosiy vazifasi aniqlangandan keyin Xitoy respublikasini dunyo tendensiyalari bilan tanishtirish va Xitoyni dunyoga ochib berish bo‘yicha biz xalqaro siyosatning lingvistika va madaniyatshunoslik sohasida yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalaridan biri bo‘lib qoldik.

Bizning rahbarligimizdagi qator ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlari birlashmalari nufuzli ko‘p tilli dasturlar va fanlararo resurslar ko‘maklashuviga asosan davlat va regional talablarga ko‘ra bir akademik maydonda joylashtirildi.

Oxirgi yillarda biz regional va davlat tadqiqotlari tarmog‘ini ishlab chiqdik. Ta’lim vazirligining moliyaviy qo‘llab-quvvatlashi natijasida bizning ilmiy-tadqiqot markazlarimiz, masalan, Yevropa Ittifoqi ilmiy-tadqiqot markazi, Rustistika markazi va Britaniya tadqiqotlari markazi Xitoyning diplomatik xulosalar qabul qilishida muhim rol o‘ynamoqda.

Ko‘pgina universitet xodimlari – faqatgina kasblar bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari bilan chegaralanib qolmasdan, darslar o‘tadilar, o‘z akademik tadqiqotlarini o‘quv kurslariga kiritib bu bilan ularning innovatsion muvaffaqiyatlarini ta’minlaydilar, shuningdek o‘z ishlari bilan dunyo bilimlarini kengaytiradilar.

Biz tadqiqot loyihalarida qatnashuvchi talabalarimizni rag‘batlantiramiz. Shuningdek bizlar har yili talabalar o‘rtasida yozgan ilmiy maqolalari bo‘yicha, yozgan dissertatsiyalari va boshqa dasturlar bo‘yicha olimpiadalar o‘tkazamiz, masalan O‘qish klubi, Birinchi kurs talabasining kitob javoni. SHCHTUda qator ma’ruzalar va turli simpoziumlar tashkil qilamiz. Bu musobaqalarda g‘olib deb topilgan talabalarga rektor mukofoti topshiriladi. Bunday faoliyat yuritish talabalarda o‘qish odatini shakllantirishga ko‘maklashadi, o‘qish qoidalariga ko‘ra intensiv tarzda o‘qishga, yozishga, bahslashishga, ilmiy tadqiqot ishlari yuritishga o‘rgatadi.

Bitiruvchilar maktabi tomonidan o‘tkaziladigan qator seminarlar akademik almashinuvlarning samarali bazasi bo‘lib xismat qiladi. Chet tillar va madaniyatshunoslik sohasida olib boriladigan tadqiqotlar, shuningdek mualliflar tomonidan ilmiy maqolalar to‘plami 10-nashrida bizning bitiruvchi talabalarimizning tadqiqotchilik sohasidagi iste’dodini ko‘rsatadi.

Ulashish: