Qisqacha tarix

  • Qisqacha tarix

  • Qisqacha tarix

  • Qisqacha tarix

  • Qisqacha tarix

  • Qisqacha tarix

1949-1950 Shanxay rus tili maktabi

Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topgandan so‘ng Sovet ittifoqi bilan tajriba almashuvi orqali sotsializm qurishda yordam bera oladigan rus tili mutaxassislariga bo‘lgan talab vujudga keldi. G‘oya Shanxay meri Chen I ga tegishli edi. Keyinchalik XKP Sharqiy Xitoy bosh komiteti va XKP Shanxay shahar komiteti Shanxay shahrida Sharqiy Xitoy xalq inqilobi universitetining to‘rtinchi filiali qoshida rus tili maktabini tashkil etish haqida qaror qabul qilishdi. Maktab 1949-yili ochildi va XXRdagi birinchi chet tillari maktabi sifatida tan olindi.

Shanxay rus tili maktabi faqat rus tiliga shuningdek rus va sovet adabiyotiga ixtisoslashgan edi. Maktab bitiruvchilari asosan tarjimon hamda o‘qituvchi bo‘lib ishlashardi.

1950-1952 Shanxay chet tillari kolleji

1950-yili diplomatiya va xalqaro savdo sotiq mutaxassislarga bo‘lgan talab vujudga kelishi bilan maktab ingliz tilidagi dasturni tayyorlashga kirishdi va nomlanishi Sharqiy Xitoy xalq inqilobi universiteti qoshidagi Shanxay chet tillari kolleji deb atala boshlandi. Kollej kampusini Tiyuxuey ko‘chasiga (sobiq Szinan universiteti kampusi hududi) ko‘chirildi, hozirda bu yerda SHCHTUning Xunkou kampusi joylashgan. 1952-yilning aprelida sharq tillari va adabiyoti fakulteti ochilgan, unda Birma, Vyetnam va Indonez tillari o‘rgatilgan. 1952-yilning avgustiga kelib Shanxay chet tillar kolleji ruscha, inglizcha, birmacha, vyetnamcha va indonezcha - 5 xil chet tillari o‘rgatiladigan to‘lahuquqli kollejga aylandi.

1952-1956 Shanxay rus tili kolleji

1952-yilning ikkinchi yarmiga kelib Ta’lim Vazirligi qoshidagi kollejga  talabalarni qabul qilish tizimi tuzildi, buning oqibati o‘laroq  sharq tillari va adabiyoti fakulteti Pekin universitetiga ko‘chirildi. 1952-yilning sentyabr oyida kollej nomi Shanxay rus tili kolleji deb o‘zgartirishdi va uch yillik ta’lim tizimini yaratishdi. 1956-yili institutga Sovet Ittifoqidan mutaxassislar taklif qilingan, ularning vazifasi aloqa yuritish va o‘qish uchun darsliklar tuzishdan iborat bo‘lgan.

Ta’lim sistemasida Shanxay rus tili kolleji tayyorlovdan ta’lim berish pag‘onasiga ko‘tarildi. Rasmiy ta’lim konsepsiyasi qayta ko‘rib chiqildi: fakultet qayta tashkil etilib, aniq maqsadda yo‘naltirilgan kurslar: amaliy kurs, tarjima, adabiyot tarixi va lingvistikadan iborat 10 ta ilmiy-tadqiqot guruhlari bilan yaxlit ilmiy-tadqiqot bo‘limiga jamlandi. Yangi o‘quv rejalari tuzib chiqilib, talabalar bilan ishlashda boshqaruv tizimi muvaffaqiyatli ish boshladi.

1956-1994 Shanxay chet tillari instituti

1956-yilda universitet Davlat kengashi tomonidan tasdiqlanib Shanxay chet tillari instituti degan nomga o‘zgartirildi. Qayta tuzib chiqilgan fakultetlar tizimi endilikda 4 yillik ingliz, fransuz va nemis tillari  ta’lim dasturini o‘z ichiga jamladi. 1963- yil 12- sentyabrga kelib universitet Ta’lim vazirligi qoshidagi muhum davlat universitetlaridan biri sifatida hukumat ro‘yhatidan joy olgan edi.

70-yillarning ohiridagi islohotlar va ochiqlik siyosati boshlanishi bilan Xitoy diplomatik ish va xalqaro almashinuvdagi sezilarli o‘sishning guvohiga aylandi, bu esa chet tillari mutaxassislariga bo‘lgan talabni vujudga keltirdi. 1982-yili institut birtarmoqli chet tillari institutidan ko‘p tarmoqli amaliy universitetga o‘tish ustida ish olib bordi va keyinchalik 1983-yilda yangi mutaxassisliklar qo‘shildi.

Shu bilan bir vaqtda institut ta’lim tizimini va muassasa tuzilishini modernizatsiya qilish va takomillashtirish ustida ish olib bordi. 1983-yilning sentyabrida institut ingliz va rus tillari mutaxassisliklaridan doktorlik unvonini berish bo‘yicha Oliy attestatsiya hay’atining ruxsatnomasini qo‘lga kiritdi. 1993-yili davlat ta’lim ishlari bo‘yicha qo‘mitasi (hozirda ta’lim vazirligi) va Shanxay shahar hokimiyati rahbarligi ostida institut Xitoyning birinchi byudjet ta’lim tizimili va pullik ta’lim shakliga ega bo‘lgan OTMlardan biriga aylandi.

1994-hozirgi kungacha Shanxay chet tillari universiteti

1994-yili Xitoy ta’lim vazirligining qarori bilan institut rasman universitetga aylantirildi va o‘sha yildan buyon «Xitoy ta’lim vazirligi va Shanxay shahar hokimiyati hamkorlikda qo‘llab quvvatlaydigan OTM» sifatida ro‘yhatda turadi. 1996-yilda universitet «21-asrning 100 ta Xitoy OTMsi» maqomiga dastlabki saralashdan o‘tdi.

2000-yilda Shanxayning Songjiang universitetlar shaharchasida yangi kampus qurildi, unda barcha bakalavriyat bosqichi talabalari hamda magistratura bosqichining birinchi kurs talabalari taxsil olishadi. Songjing kampusi har xil chet el uslubidagi o‘quv binolari bilan, shuningdek yuqori malakali xalqaro iqtidor egalari beshigi ekanligi bilan qiziqarlidir.

Oxirgi 65 yil ichida SHCHTU rus tili maktabidan ko‘p tarmoqli chet tillari institutigacha bo‘lgan rivojlanish yo‘lini bosib o‘tdi va hozirda nufuzli xalqaro universitet hisoblanadi. Biz mamlakatni ko‘plab yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlab kelmoqdamiz, qaysiki butun dunyoda o‘z ortlaridan muhim iz qoldirishmoqda va Xitoyning iqtisodi va jamiyati rivojida sezilarli hissa qo‘shishmoqda, shuningdek butun jahon xalqlari bilan do‘stona aloqalarni tiklab kelishmoqda.

Ulashish: