Kontaktlar

SISU News Center, Office of Communications and Public Affairs

Tel : +86 (21) 3537 2378

El.manzil : news@shisu.edu.cn

Pochta manzili :550, Dalian(3) ko‘chasi, Shanxay 200083, XXR

Ko‘proq yangiliklar

Salom, O‘zbek Tili! Shanxay chet tillar universitetida o‘zbek tili bilan uchrashuv.


22 November 2018 | By Xitoy tilidan Ibodullayeva Ozodagul tarjimasi; Muharrir Musurmanov Xurshid | SISU

   2018-yil 16-noyabr kuni Shanxay chet tillar universitetining Hongkou kampusida o‘zbek tili yo‘nalishining ochilishi va O‘zbekiston madaniyati haftaligi boshlanishiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi, shu bilan birga Shanxay chet tillar universitetida O‘zbekiston tadqiqotlar markazi ham ochildi.

 

   Shu yil sentyabr oyida Shanxay chet tillar universiteti o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi tashkil etildi va dastlab 11 nafar talaba o‘qishga qabul qilindi. Hozirgi kunda  Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo institutida rus, ukrain, venger, polsha, qozoq, chex va o‘zbek tili yo‘nalishlari mavjud. Ularning barchasi “Bir makon bir yo‘l” tashabbusining strategik tayanchi hisoblangan davlatlar tillaridir.

 

   Institut mashg‘ulotlarni o‘zbek tilida olib borish uchun O‘zbekistonlik ikki nafar o‘qituvchini jalb etgan. Keyingi to‘rt yillik bakalavriyatda bu talabalar o‘zbek tili, adabiyoti, tarixi, siyosati, iqtisodi, diplomatiyasi, ijtimoiy madaniyati va hokazolar haqidagi asosiy nazariya va bilimlarni o‘rganadi va shu bilan birga ma’lum ilmiy tadqiqot usullarini, tarjima, o‘qitish va menejment haqidagi bilimlarini sifatli va kuchli darajada mukammallashtiradilar.

微信图片_20181217194619.jpg微信图片_20181217194548.jpg微信图片_20181217194555.jpg

   Hozirgi vaqtda Shanxay Chet tillar universiteti O‘zbekistondagi mashhur universitetlar, jumladan, Toshkentdagi o‘zbek tili va adabiyot universiteti, Jahon tillar universiteti va Samarqand chet tillar instituti bilan universitetlararo hamkorlik aloqalarini yaxshi yo‘lga qo‘ygan. Shanxay chet tillar universiteti  chet elga o‘qituvchi sifatida tegishli tilshunos mutaxassislarni jalb qilish va o‘quvchilar uchun milliy madaniyat, til va adabiyotga oid professional kurslarni taqdim etish uchun  xizmat qilishni ko‘zda tutgan va shu asosda kelajakda qisqa muddatli yoki uzoq muddatli tayyorgarlik va almashuvlar uchun O‘zbekistonga professional o‘qituvchilar va talabalarni yuborishni rejalashtirgan.

   Shanxay chet tillar universitetining rektori Li Yansong ochilish marosimida qatnashdi va nutq so‘zladi. U Shanxay chet tillar universiteti jahonda bilim sohasidagi farqli xususiyatlarga ega bo‘lgan va jahon standarti darajasidagi chet tillar universitetini qurishga sodiq ekanini, Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganidan buyon ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar chuqurlashib borayotganligini va yuqori darajadagi tashriflar va iqtisodiy almashinuvlar tobora ko‘payib boryotganligini, mamlakatning “tashqariga chiqish” va “Bir makon bir yo‘l” strategiyasi qurilishiga xizmat qilish uchun Shanxay chet tillar universiteti o‘z tajribasini va tilni rivojlantirishni davom ettirishini, Mamlakatimizning yuksak darajadagi o‘zbek tili mutaxassislari  ikki mamlakat o‘rtasidagi uzoq muddatli va mustahkam do‘stlikka hissa qo‘shadi deb ta’kidladi.

   O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo instituti va ShHT Bosh kotibi professor Norov so‘zga chiqib, o‘z nutqida Shanxay chet tillar universitetida “O‘zbekiston tadqiqotlar markazi” ochilganligi, o‘zbek tili va O‘zbekiston madaniyati haftaligi haqida, Xitoy va O‘zbekiston ilm-fan, ta’lim va adabiyot sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladigan, Xitoyning taniqli universitetlarida professional o‘zbek olimlarining mashg‘uloti Xitoy-O‘zbekiston tarixiy an’analarining keng tarqalishiga va ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlikni yanada chuqurlashtirishga xizmat qilishini, shu bilan birga u O‘zbekistondagi yoshlarning Xitoy ta’limiga bo‘lgan qiziqishining sezilarli darajada o‘sib borayotganini va O‘zbekistonda Xitoy tomonidan moliyalashtirilayotgan loyihalarning amalga oshirilishi, shu nuqtai nazardan, Shanxay chet tillar universiteti tomonidan tashkillashtirilgan bir qator tadbirlar Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro ishonch munosabatlarini chuqurlashtirishda juda muhim rol o‘ynaydi deb ta’kidlab o‘tdi.

   Xitoyning umum iste’molda bo‘lmagan tillarni o‘rganish bo‘yicha tadqiqot assotsiatsiyasi prezidenti va Ta’lim vazirligining umum iste’molda bo‘lmagan tillar bo‘yicha kichik qo‘mitasi direktorining o‘rinbosari, professor Jong Jisyang tabriknoma yo‘llab, bu 2013- yilda “Bir makon bir yo‘l” strategiyasining ishga tushirilganidan buyon Xitoyda tashkil etilgan birinchi o‘zbek tili yo‘nalishi ekanligini va mamlakatimiz chet tillari olamida umum iste’molda bo‘lmagan tillar ta’lim yo‘nalishlarini rivojlantirish yo‘lidagi eng yangi izlanish bo‘lib, Shanxay chet tillar universitetining tashabbuskorligini va milliy istedodlarni tayyorlash mas’ulyatini zimmasiga olganini o‘zida aks ettirishini takidlab o‘tdi. Mamlakatimizning quruqlikdagi Ipak yo‘li iqtisodiy kamarini rivojlantirishga turtki berishda, Xitoyda chet tillari uchun kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, mamlakat rivojlanish strategiyasiga faol xizmat ko‘rsatish, millat manfaatini har tomonlama himoya qilish kabilar o‘ta katta ahamiyatga ega ekanligini ham alohida takidladi.

   Tadbirda Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori Sh. Sirojiddinov, Jahon tillar universiteti prorektori T.Madrahimov hamda Samarqand chet tillar instituti prorektori Sh.Ashurov ishtirok etdi va nutq so‘zladi. Tadbirda shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Shanxay shahridagi bosh konsuli S.Agzamxodjayev ham  ishtirok etdi. Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Jiang Yan xonim Shanxay chet tillar  universitetida o‘zbek tili yo‘nalishi ochilganligi bilan barchaga video orqali tabrik so‘zini yo‘lladi.

    Shanxay chet tillar universitetining ko‘p tilli saytining o‘zbek tilidagi sahifasi bir vaqtning o‘zida ochilgani haqida xabar berildi. Professor Norov rektor Li Yansongga va Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo instituti direktori Siu Hongga Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi almashinuv va hamkorlikka qo‘shgan hissalari uchun minnatdorchilik izhor etdi. Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo Institutining partiya kotibi Ren Yao mehmonlarga “Navoiyning she’riy to’plami” va “O'zbekcha-inglizcha-xitoycha suratli lug‘ati" ni taqdim etdi. O‘zbek tili yo‘nalishi talabalarining jo‘shqin ijrosi yana bir bor O‘zbekiston madaniyati haftaligining ochilish marosimini tobora avjiga chiqardi, talabalar o‘zbek milliy liboslarida kuylagan qo‘shiqlari, sarmast qiluvchi an’anaviy musiqa ishtirokchilarning xayollarini sirli va uzoq ipak yo‘llariga olib ketdi. Ochilish marosimining so‘ngida, Xitoy ijtimoiy fanlar akademiyasining Xitoy ilmiy-tadqiqot instituti direktori, professor Sing Guancheng “Qadimgi Buyuk Ipak yo‘lida ko‘p madaniyatlilikning yechimi, to‘qnashuvi va integratsiyasi” mavzusida ma’ruza qildi.

    So‘nggi yillarda “Bir makon bir yo‘l” strategiyasining jadal rivojlanishi bilan, kichik til turlariga bo‘lgan talab shiddatli  tus olmoqda va Shanxay chet tillar universiteti Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab mamlakatlarda noan’anaviy tilshunoslik yo‘nalishlarini barpo etishni davom ettirmoqda. 2015-yil oktyabr oyida rus tili fakultetida  ilk bor o‘zbek tili darslari ochildi, 2015- yil noyabr oyida birinchi bor Qozog‘iston markazi tashkil etildi, 2016- yil sentyabr oyida esa venger tili yo‘nalishiga talabalar o‘qishga qabul qilindi; 2017-yil sentyabr oyida polyak va qozoq tili yo‘nalishi bakalavr talabalari rus tili fakulteti “Katta oila”siga a’zo bo‘ldilar, 2017-yilning dekabr oyida Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyodagi strategik til guruhini yaratish uchun, 2018 yil sentyabr oyida o‘zbek va chex tili yo‘nalishi bakalavr bosqichiga talabalar qabul qilindi.

Xitoy tilidan Ibodullayeva Ozodagul tarjimasi.

Muharrir: Musurmanov Xurshid

 

Ulashish:

Kontaktlar

SISU News Center, Office of Communications and Public Affairs

Tel : +86 (21) 3537 2378

El.manzil : news@shisu.edu.cn

Pochta manzili :550, Dalian(3) ko‘chasi, Shanxay 200083, XXR

Ko‘proq yangiliklar