Kontaktlar
SISU News Center, Office of Communications and Public Affairs
Tel : +86 (21) 3537 2378
El.manzil : news@shisu.edu.cn
Pochta manzili :550, Dalian(3) ko‘chasi, Shanxay 200083, XXR
Ko‘proq yangiliklar
SHCHTU MOOC Future Learn platformasida xitoy tili o‘quv kurslarini yo‘lga qo‘ymoqda
09 April 2019 | By By uzadmin | SISU
Shanxay chet tillar universiteti MOOCning ilg‘or xalqaro platformasi FutureLearn da “Xitoy tili boshlang‘ich so‘zlashuv kursi”ni yo‘lga qo‘ydi. Kurslar seriyasi uch qismdan iborat: talaffuz va ohanglar, o‘g‘zaki nutq va grammatika. Birinchi «Xitoy tiliga kirish: talaffuz va ohanglar» kursiga yozilish boshlandi. Kursning boshlanishi 2019-yilning 6-mayiga rejalashtirilgan.
Professor Jang Yanli videodarsidan parcha
“Xitoy tili boshlang‘ich so‘zlashuv kursi” dunyoning barcha davlatlaridagi o‘rganuvchilar uchun mo‘ljallangan. Kurslar seriyasi ingliz tilida dialog tarzida o‘qitiladi. O‘quvchilar SHCHTU talabalari bilan birgalikda ish olib borayotgan o‘qituvchilar darslarini kuzatishlari mumkin bo‘ladi. Kurslar seriyasi o‘quvchilarga xitoy tilidan tartibliroq tushuncha berishga yo‘naltirilgan: “Xitoy tiliga kirish: talaffuz va ohanglar” xitoy tili fonetikasining muhim elementlariga qaratilgan; “Xitoy tilida suhbat” o‘quvchilarga Xitoydagi kundalik hayot uchun kerakli tilni o‘zlashtirishga yordam beradi, masalan, qanday qilib yo‘lni so‘rash yoki taom buyurtirish; “Xitoy tili grammatikasi” xitoy tili grammatikasining asosiy qoidalari bilan tanishtiradi. O‘rta daraja kurs seriyalari HSK1 va HSK2 darajalarining so‘zlari va grammatik elementlaridan tashkil topgan bo‘lib, Xitoyni o‘rganishga qiziquvchilar uchun taqdim etiladi. Bu o‘quvchilar uchun xitoy tili va madaniyati haqida ko‘proq bilib olishga imkoniyatdir. Kursni suratga olish ishlari shu yilning iyun oyi oxirlarida nihoyasiga yetkaziladi va sentyabr oyida to‘liq tarmoqqa qo‘yiladi.
Dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan talabalarning hamkorlikdagi surati
“Xitoy tili boshlang‘ich so‘zlashuv kursi” o‘quv va ishchi guruh a’zolari.
“Xitoy tili boshlang‘ich so‘zlashuv kursi” prodyusserlik jamoasi a’zolari.
Kurs haqidagi to‘liqroq ma’lumotni shu yerdan topishingiz mumkin: https://www.futurelearn.com/courses/chinese-pronunciation-tone
Kontaktlar
SISU News Center, Office of Communications and Public Affairs
Tel : +86 (21) 3537 2378
El.manzil : news@shisu.edu.cn
Pochta manzili :550, Dalian(3) ko‘chasi, Shanxay 200083, XXR