Kontaktlar

SISU News Center, Office of Communications and Public Affairs

Tel : +86 (21) 3537 2378

El.manzil : news@shisu.edu.cn

Pochta manzili :550, Dalian(3) ko‘chasi, Shanxay 200083, XXR

Ko‘proq yangiliklar

Shanxay chet tillar universitetida “O‘zbek tili” ta’lim yo‘nalishining ochilish marosimi va O‘zbekiston madaniyati haftaligi


20 November 2018 | By Xitoy tilidan Safarova Yulduz tarjimasi. Muharrir: Musurmanov Xurshid | SISU

      2018-yil 16-noyabr kuni Shanxay chet tillar universiteti Hongkou kampusi Konferensiyalar zalida “O‘zbek tili” ta’lim yo‘nalishining ochilishi va O‘zbekiston madaniyati haftaligining ochilish marosimi boshlandi. Bu safar O‘zbekiston madaniyati haftaligi tadbirlari bir hafta davom etib, talabalar nafaqat elchilar bilan yuzma-yuz muloqot olib borishdi, balki professional o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan mazmunga boy ma’ruzalarni tinglashdi, haqiqiy o‘zbek kinolaridan tomosha qilishdi va O‘zbekistonning tarixga boy tili va madaniyatidan bahramand bo‘lishdi.

 


IMG_5301.JPG
IMG_5348.JPG

O‘zbek tili ta’lim yo‘nalishining ochilish marosimini Shanxay chet tillar universiteti Rossiya, Sharqiy Yevropa, Markaziy Osiyo instituti dekani, professor Siu Hong olib bordi. Ochilish marosimida Shanxay chet tillar universiteti rektori Li Yansong ishtirok etdi va nutq so‘zladi. Li Yansong o‘z nutqida, Shanxay chet tillar universiteti bor kuchi bilan “Mamalakatlararo butun jahon ilm sohasida o‘ziga xos xususiyatlarga ega dunyo miqyosidagi chet tillar universiteti”  qurilishiga yordam berishini ta’kidlab o‘tdi. Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi diplomatik aloqalar o‘rnatilganidan buyon, ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar chuqurlashib bormoqda, yuqori darajadagi siyosiy tashriflar va iqtisodiy almashinuvlar tez-tez yuz berib turibdi, davlatlarga yanada ko‘proq xizmat qilish maqsadida  “Tashqariga chiqish” va “Bir kamar, bir yo‘l” strategiyasi qurilishini davom ettirish uchun 2015-yil Shanxay chet tillar universitetida o‘zbek tili kafedrasi tashkil etildi. Bir qator izlanishlardan so‘ng, 2018-yil sentyabr oyida bakalavr bosqichiga birinchi o‘zbek tili yo‘nalishi talabalari qabul qilindi, deb aytib o‘tdi universitet rektori. Li Yansong, bizning universitetimiz to‘xtovsiz o‘z kuchini kengaytiradi, Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi uzoq muddatli va mustahkam do‘stlikka ko‘maklashadigan “tilni biladigan, mamlakatni o‘rganadigan, mintaqani tushunadigan ” yuqori darajadagi o‘zbek tili iste’dodlarini yetishtirib chiqaradi dedi.
IMG_5314.JPG
IMG_5326.JPG

Xitoy umum iste’molda bo‘lmagan tillar ilmiy-tadqiqot markazi direktori, ta’lim vazirligining umum iste’molda bo‘lmagan tillar quyi qo‘mitasi direktori o‘rinbosari, professor Jong Jixiang tabriknoma yo‘llab, Shanxay chet tillar universitetida o‘zbek tili mutaxassisligining ochilishi bilan tabrikladi. Professor Jong o‘z qutlov maktubida, bu 2013-yil davlatimiz tomonidan ilgari surilgan “Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusidan buyon Xitoyda tashkil etilgan birinchi o‘zbek tili ta’limi yo‘nalishi ekanligini ta’kidladi. Shanxay chet tillar universitetida o‘zbek tili yo‘nalishining ochilishi yurtimiz xorijiy tillar dunyosida umum iste’molda bo‘lmagan tillarni rivojlantirishning eng yangi tashabbusidir. Bu Shanxay chet tillar universitetining faolligini ko‘rsatib, milliy kadrlarni tayyorlash ma’suliyatini o‘z bo‘yniga oladi. Davlatimizning quruqlikdagi ipak yo‘li iqtisodiy zonasini rivojlantirish,  Xitoy chet tillar kadrlarini tayyorlash tizimini jadallashtirish, faollik bilan mamlakat strategiyasiga xizmat qilish, har taraflama yurtimiz manfaatlarini himoya qilishda  muhim ahamiyat kasb etadi.


IMG_5358.JPG

Shundan so‘ng, o‘zbek tili mutaxassisligi tashkil topishi munosabati bilan ishlangan video qo‘yilib, unda yaqin yillarda Xitoy-O‘zbekiston aloqalarida Shanxay chet tillar universiteti tomonidan uyushtirilgan turli xil tadbirlar, o‘zbek tili yo‘nalishi talabalarining darsdagi o‘qish jarayonlari ko‘rsatildi. Video so‘ngida, Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Jiang Yen xonim o‘z tabrigini bildirib, talabalarni o‘zbek tilini chin dildan o‘rganishga chorladi, shuningdek Shanxay chet tillar universitetida O‘zbek tili mutaxassisligi ochilishi bilan tabrikladi.

Tadbirda xorijiy mehmonlardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategiya va mintaqalararo instituti direktori, Shanxay Hamkorlik Tashkilotining navbatdagi Bosh kotibi, professor Norov va O‘zbekiston Respublikasining Shanxay shahridagi Bosh konsuli Agzamxodjayev, Toshkent Davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori Sirojiddinov, O‘zbekiston Davlat jahon tillar universiteti prorektori Madrahimov va Samarqand Chet tillar instituti prorektori Ashurovlar ishtirok etishdi.


IMG_5369.JPG

Professor Norov o‘z nutqida Shanxay chet tillar universitetida “O‘zbekiston ilmiy-tadqiqot markazi”, o‘zbek tili mutaxassisligi va madaniyat haftaligining tashkil etilishi, Xitoy va O‘zbekistonning fan va ta’lim sohasida yanada chuqurlashgan hamkorligining mahsuli ekanini ta’kidladi. Xitoyning mashhur oliy o‘quv yurtlarida o‘zbek tili mutaxassislarini tayyorlash, Xitoy va O‘zbekiston tarixiy an’analarining keng tarqalishiga, ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlikni yanada chuqurlashtirishga xizmat qiladi. Professor Norovning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda yoshlarning xitoy tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi tobora ortib bormoqda, Toshkent va Samarqanddagi Konfutsiy institutlarining holati juda ham yaxshi, O‘zbekistonda Xitoy tomonidan moliyalashtirilgan loyihalarning amalga oshirilishi xitoy tilini eng qizg‘in pallaga olib keldi. Shu munosabat bilan, Shanxay chet tillar universiteti tomonidan tashkillashtirilgan bir qator tadbirlar Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro ishonch munosabatlarini chuqurlashtirishda juda muhim rol o‘ynadi. So‘zining so‘ngida professor Norov Universitet rektori Li Yansong va Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo instituti professori Siu Hongga faxriy yorliqlar topshirdi va Xitoy-O‘zbekiston aloqalarini rivojlantirishda o‘z hissalarini qo‘shishlarida Shanxay chet tillar universiteti olimlarining maqtovga sazovorligini aytib o‘tdi.


IMG_5254.JPG
IMG_5307.JPG
IMG_5461.JPG

Shundan so‘ng, ilhomlantiruvchi musiqa sadolari ostida tadbir qatnashuvchilari Shanxay chet tillar universiteti o‘zbek tili mutaxassisligi ochilishining tasma kesish marosimi va Shanxay chet tillar universiteti O‘zbekiston  tadqiqotlar markazining ochilish marosimiga guvoh bo‘ldilar. Professor Sirojiddinov, Madrahimov, Ashurov janoblari birin-ketin so‘zga chiqib, Shanxay chet tillar universitetida O‘zbek tili ta’lim yo‘nalishining muvaffaqqiyatli ochilganligi bilan tabriklashdi va O‘zbekiston tadqiqotlar markazining tashkil etilishi ikki mamlakat o‘rtasida do‘stlik aloqalarini mustahkamlashga yordam berishini ta’kidlab o‘tishdi.


IMG_5439.JPG
IMG_5475.JPG
IMG_5451.JPG
IMG_5400.JPG

Tadbir so‘ngida Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo insitituti partiya bo‘limi kotibi Ren Yao Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo insitituti o‘qituvchi va talabalari tomonidan hamkorlikda tarjima qilingan “Navoiy g‘azallari to‘plami” va tarjimasida institut o‘qituvchilari qatnashgan “O‘zbek, ingliz, xitoy tili rasmli lug‘ati” ni taqdim etdi. Siu Hong ishtirokchilarga Shanxay chet tillar universitetining ko‘p tilli saytida o‘zbek tilidagi veb-sayti ochilganligini rasmiy ravishda e’lon qildi.


IMG_5482.JPG

O‘zbek tili yo‘nalishi talabalari tomonidan tayyorlangan chiqishlar O‘zbekiston madaniyati haftaligi ochilish marosimining yana bir bor yuqori cho‘qqiga ko‘tarilganini isbotladi, talabalar yengidagi zarif va chiroyli o‘zbek milliy liboslari, betakror o‘zbek klassik she’rlari, ohangdor o‘zbek xalq qo‘shiqlari ishtirokchilarning hayollarini sirli va uzoq Ipak yo‘llari sari olib ketdi.
IMG_5483.JPG
IMG_5504.JPG
IMG_5517.JPG

Ochilish marosimining so‘ngida, Xitoy ijtimoiy fanlar akademiyasi Xitoy chegara tumanlari ilmiy-tadqiqot instituti direktori, professor Sing Guangcheng “Buyuk ipak yo‘li: Ko‘p madaniyatlar yechimi, to‘qnashuvi va birlashishi” nomli ma’ruza bilan chiqish qildi. Shu tariqa, Shanxay chet tillar universitetida o‘zbek tili mutaxassisligining ochilishi va O‘zbekiston madaniyati haftaligining ochilish marosimi muvaffaqiyatli yakunlandi. 16-noyabr kuni, “Renmin” sayti, “Guangming kundalik gazeta”, “Ertalabki xabarlar”, “Sharq ta’lim gazetasi” va boshqa ommaviy axborot vositalari o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishining ochilish marosimiga taklif qilindi va ular tomonidan jonli intervyular olindi. Xitoy axborot xizmati va Dongfang internet sayti ham ushbu madaniyat haftaligining ochilish tadbiri haqida hisobot tayyorladi. 16-noyabr kuni tushdan keyin Sinhua axborot agentligi, Pengpai, Wenhui, Guangming internet saytlari va boshqa ommaviy axborot vositalari professor Norov va Shanxay chet tillar universiteti kotibi Jiang Feng bilan suhbat uyushtirdi.

 

Xitoy tilidan Safarova Yulduz tarjimasi.

Muharrir: Musurmanov Xurshid           

Ulashish:

Kontaktlar

SISU News Center, Office of Communications and Public Affairs

Tel : +86 (21) 3537 2378

El.manzil : news@shisu.edu.cn

Pochta manzili :550, Dalian(3) ko‘chasi, Shanxay 200083, XXR

Ko‘proq yangiliklar