Kontaktlar

SISU News Center, Office of Communications and Public Affairs

Tel : +86 (21) 3537 2378

El.manzil : news@shisu.edu.cn

Pochta manzili :550, Dalian(3) ko‘chasi, Shanxay 200083, XXR

Ko‘proq yangiliklar

O‘zbekiston madaniyati haftaligi tadbirlaridan – O‘zbekistonlik diplomat bilan yuzma yuz.


14 December 2018 | By Xitoy tilidan Xurshid Musurmanov tarjimasi. Muharrir: Mardon Rahmatov | SISU

Shanxay chet tillar universitetining O‘zbekiston madaniyati haftaligi tadbirlaridan biri o‘laroq “O‘zbekistonlik diplomat siz bilan yuzma yuz” tadbiri 19-noyabr kuni 6-o‘quv binosining 118-auditoriyasida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston respublikasining Shanxaydagi Bosh konsulxonasi konsuli Aziz Ulugbekov, Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo instituti partiya komiteti raisi Ren Yao, Markaziy Osiyo tillari fakulteti dekani U Ayjun, shuningdek fakultetning o‘zbek tili o‘qituvchisi Xurshid Musurmanov, qozoq tili o‘qituvchilari Gulzi Beysen va Chen Siyu hamda o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishining barcha talabalari ishtirok etishdi.

    Tadbirda partiya komiteti raisi Ren Yao konsul Aziz Ulugbekovni tashrifi bilan qutladi va ushbu uchrashuv juda muhim ahamiyatga ega ekanligini, o‘zbek tili yo‘nalishi talabalari bu imkoniyatdan unumli foydalanishlari kerakligini ta’kidlab o‘tdi.

    O‘zbekiston Respublikasining Shanxaydagi Bosh konsulxonasi konsuli Aziz Ulugbekov o‘z nutqida bu tadbirda ishtirok etish o‘ziga xos bir imkoniyat ekanligini takidlab o‘tdi. Shanxay chet tillar universiteti azaldan O‘zbekistonning Shanxaydagi Bosh konsulxonasi bilan mustahkam hamkorlik aloqalarini saqlab kelayotganligini aytib, kelajakda yanada ko‘proq talabalar o‘zbek tilini o‘rganishlariga umid qilishini bildirdi. “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusining Markaziy Osiyoda uzluksiz ilgari surilishi bilan Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stona aloqalar kundan kun yaqin bo‘lib boryotganligini takidlab, har ikki davlatga o‘zbek tilini tushunadigan mutaxassislar kerak ekanligini va uchrashuvda qatnashayotgan talabalar kelajakda Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stona aloqalar elchilari bo‘lib yetishishlariga ishonishini aytib o‘tdi.

Shundan so‘ng o‘zbek tili yo‘nalishi talabalari o‘zbek tilida konsul Aziz Ulugbekovga o‘zlarini tanishtirdilar va qisqa vaqt ichida egallagan bilimlari konsul tomonidan e’tirofga sazovor bo‘ldi. U kelajakda talabalardan yanada yuqori marralarni egallashlarini kutib qolishini aytib, ularni O‘zbekiston respublikasining Bosh konsulxonasiga taklif qildi.

Talabalar O‘zbekistonning madaniyati, tarixi, milliy taomlari, tarixiy obidalari, kundalik hayoti kabi mavzularda konsulga o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi. Konsulning iliq va qiziqarli javoblari ta’sirida davra juda ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi.

    Uchrashuv so‘ngida o‘zbek tili yo‘nalishi talabalari birin ketin tadbir davomida ko‘plab bilimlarga ega bo‘lganliklarini va kelajakda ilm olishga bo‘lgan ishtiyoqlari yanada ortganligini ta’kidlab o‘tishdi. 

Xitoy tilidan Xurshid Musurmanov tarjimasi.

Muharrir: Mardon Rahmatov.

Ulashish:

Kontaktlar

SISU News Center, Office of Communications and Public Affairs

Tel : +86 (21) 3537 2378

El.manzil : news@shisu.edu.cn

Pochta manzili :550, Dalian(3) ko‘chasi, Shanxay 200083, XXR

Ko‘proq yangiliklar